Tohir Malik Asarlarida Inson Xarakterini Ifodalovchi Leksik Birliklarning Ijobiy Va Salbiy Xususiyatlari
Qobilova Nargisa Sulaymonovna
f.f.f.d.,(dotsent) Buxoro davlat universiteti
Rajabova Maktuba Abduxoliqovna
BuxDU, 2-kurs magistranti
Keywords: badiiy matn, lisoniy tahlil, xarakter, leksik birliklar, frazeologizm, ijobiy va salbiy sifatlar, maʻnodosh so`zlar
Abstract
Ushbu maqola Tohir Malikning “Shaytanat”, “ Murdalar gairmaydilar” va “Iblis devori” asarlari yuzasidan boʻlib, badiiy asar tilshunoslik bilan chambarchas bogʻliq ekanligi, yozuvchining poetik mahorati, asarning leksik xususiyatlari, inson xarakter-xususiyatlari yaxshi ochib berilganligi va ulardan oʻrinli foydalangani, xalq tiliga yaqin, kitobxonning qalbidan joy oladigan sodda va ravon tilda yozilganligi haqida soʻz yuritilgan. Asar ilmiy manbalar asosida yoritib berilgan.