Fransuz Tilida Maqolli Iboralarning Qo'llanilishi

Xalillayeva Nargiza Ravshanbek qizi

O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi

Keywords: nutq, paremiologiya, sintaktik, diskursiv, ijtimoiy-siyosiy, dialektik


Abstract

Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan bo’ladi. Maqolning ta’sir doirasi yuqori bo’lganligi uchun ham fikr ifoda etilganda ko’p o’rinlarda maqol va maqolli iboralardan foydalaniladi. Fikr bayon etishda maqolli iboralardan foydalanish barcha tillarda mavjud. Mazkur maqola fransuz tilida maqolli iboralarning qo’llanilishi to’g’risida bayon etadi.