Kamtarlik Badiiy Adabiyotda Konseptual Metafora Sifatida. Jeyn Ostinning “Andisha Va G’urur” Asari Misolida

Abdulxay Qosimov Axadali o’g’li

Amaliy ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi, FDU

Keywords: metafora, kamtarlik, konseptual metafora nazariyasi, axloqiy me’yorlar


Abstract

Metafora asl narsaning biz odatda sezmaydigan yoki hatto muhim deb hisoblamaydigan yangi va qiziqarli xususiyatlarini ochib berishga qodir. Majoziy tildan foydalanish uslubiy rang-baranglikni oshirishdan iborat bo’lib, u Andisha va G’urur asarida ham uning mazmuniga o’zgacha chiroy qo’shadi. Agar o’quvchi ikki xil narsa o’rtasidagi o’xshashlikni tushunsa va kinoya romanda mazax qilish, inson obro’sini tushirish yoki uni ruhiy yaralash uchun mo’ljallangan dialogni hech qanday qiyinchiliksiz tushunishi mumkin. Bunday holatda o’quvchining asardagi voqealarga nisbatan his-tuyg’ulari aniqroq va keskinroq bo’ladi.