O‘Zbekiston Taraqqiyotning Yangi Bosqichi Va Jamiyatimiz Ma’naviy Hayotining G‘Oyaviy Asoslari
Mamarasulov Baxriddin Shakasimovich
Milliy g’oya va falsafa kafedrasi dotsenti
Abstract
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyat hayotida, xususan, ma’naviy-mafkuraviy sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar bashariyat e’tiborini tortmoqda. Ayni paytga kelib Sharq xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarimizni chuqur va har tomonlama o‘rganish, uni yurtimizda va xorijda keng targ‘ib qilishga e’tibor kuchaygani ayni haqiqatdir.