SINERGETIKANING FALSAFIY MAZMUN-MOHIYATI OLIMLAR NIGOHIDA

Main Article Content

Darmonov To'xtasin Azimboy o'g'li

Abstract

Ushbu tezis sinergetika ilmiy yo'nalishini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, tizimlarning o'z-o'zini tashkil etish tamoyillarini va ushbu tamoyillarni tabiat hodisalari va jarayonlariga tatbiq qilish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Sinergetika turli xil tizimlarning o'zaro ta'sirini izchil matematik uslublar asosida o'rganish orqali innovatsiyalar va rivojlanish jarayonlarini tushuntirishni maqsad qiladi. Tezisda sinergetikaning fanlararo tabiati, terminologik nomuvofiqliklari va boshqa fanlar, jumladan, kibernetika bilan aloqasi tahlil qilinadi. Haken va Ulam kabi olimlarning hissalari o'z o'rnini topgan bo'lib, ularning yondashuvlari va natijalari sinergetikaning evolyutsion jarayonlarga bo'lgan ta'sirini aniqlash uchun ko'rib chiqilgan. Yangi sohaning tez rivojlanishi va mavjud tushunchalarni birlashtirishda duch kelinayotgan qiyinchiliklar ham muhokama qilinadi.

Article Details

How to Cite
Darmonov To’xtasin Azimboy o’g’li. (2024). SINERGETIKANING FALSAFIY MAZMUN-MOHIYATI OLIMLAR NIGOHIDA. Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium), 10, 74–76. Retrieved from https://openconference.us/index.php/pedagogy/article/view/1939
Section
Articles