MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA LIDERLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
Main Article Content
Abstract
Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari kreativ ta’lim texnologiyalari amaliyotiga kiritilgan. Shaxslararo munosabatlar, mehr-shavqat, bag’rikenglik, o’zaro sadoqat tuyg’ulari, shukronalik xususiyatlarini rivojlantirishning kognitiv, kreativ, ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish, sog’lom tafakkurni rivojlantirishning falsafiy-metodologik, ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish, o’smir yoshdagi o’quvchilarda sanogen tafakkurni ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarda shaxsning jamiyatda o’z o’rnini topishi, o’z mavqeiga ega bo’lish jihatlari, ijodkorlikni namoyon etuvchi ijtimoiylashuv xususiyatlarni rivojlantirish maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarni liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.