MTTDA BOLALARNING SOG`LOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISHDA MILLIY XALQ O`YINLARIDAN FOYDALANISH
Main Article Content
Abstract
Mustaqil mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy siyosatning bosh negizi – jamiyatning ongli, har jihatdan komil a‘zosini voyaga yetkazish, uning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish va shu orqali davlatning rivojlanishi, istiqbolini ta‘minlashdir. Shubhasizki, komil inson har tomonlama sog`lom turmush muhitida kamol topadi. Sog`lom turmush tarzini yaratishdagi asosiy vosita bu ta‘lim-tarbiya jarayonidir. Xalq o`yinlari esa ta‘lim-tarbiya, ayniqsa, jismoniy tarbiya ishlarining samaradorligini oshirib, bolajonlarni sog`lom turmush tarziga tayyorlashda jismoniy mashg`ulotlarning o`rnini qoplaydi, to`ldiradi va mustahkamlaydi.