MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI

Main Article Content

Esonova Malohat Akilovna
Burxonova Diliruxsor

Abstract

Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning yetarli bo’lishiga katta ahamiyat berish zarurdir. Inson hayoti davomida matematik hisob-kitoblarga duch keladi, ya’ni doimiy ravishda kerak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshdan bolalarni matematika olamiga turli qiziqarli usullardan foydalangan holda olib kira olsak matematik bilimlarni yetarli darajada egallaydilar.Ular maktabda a’lo baholarga o’qib ,yuqori natijalarga erishadilar, hayoti davomida yurtimiz uchun foydali kasbni tanlashga yo’naltirgan bo’lamiz. Qaysi kasbni olmaylik uni mahorat bilan bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo’ladi. Shu sababli turli ta’limiy usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos matematik bilimlar berib boorish ta’lim-tarbiyani asosini tashkil qiladi. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mukammal bo’lishi,maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo’lishini ta’minlaydi. Ya’ni matematika maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mantiqiy fikrlashga – to’g’ri fikrlash, to’g’ri fikrlardan to’g’ri xulosalar chiqarishga o’rgatadi, shu bilan birga tasavvurlarni takomillashuviga kata yordam beradi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti hamda ’’Ilk qadam’’ Davlat o’quv dasturi asosida bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib o’rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bolalarda umumiy bilimlar bilan birgalikda o’ziga bo’lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o’z fikrini chiroyli ifoda eta olish qobiliyatlari shakllanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlar dunyosiga kirishi ilk va maktabgacha yoshida boshlanadi. Ular predmetlarni nomlashadi, shakli, rangini aniqlaydi, o‘lchamlari bo‘yicha solishtiradi, miqdoriy va fazoviy nisbatini o‘rnatadi, geometrik shakllar va ularning o‘lchamlari bilan tanishadi, modellashtirish faoliyatini o‘zlashtiradi.

Article Details

How to Cite
Akilovna, E. M. ., & Diliruxsor, B. . (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain), 2, 45–47. Retrieved from https://openconference.us/index.php/ISPADP/article/view/1222
Section
Articles