MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA HARAKATLI O`YINLAR ORQALI HARAKAT KO‟NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH

Main Article Content

Achilova Soxibaxon
Ilyosova Mubina
Ismatullayeva Munisa

Abstract

Yurtimizda jismoniy tarbiya, sport va xalq milliy o‘yinlari ta`lim tizimidan asosiy ta`lim-tarbiyavositalari sifatida mustaxkam o‘rin olmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini xayotda taqbiq qilinishi, yoshlarning turli sportmusobaqalari, «Umid nihollari», «Universiada», xalq milliy o‘yinlari festivallari hamda aholii istiqomatjoylari mehnat jamoalarida spartakiadalar, birinchiliklarning muntazam tashkil qilinishi e‘tiborga loyiqdir.Barcha hududlar va markaziy shaharlarda yirik sport inshoatlari qad ko‘tarmoqda, ya‘ni sport maktablari tashkil qilinmoqda.Istiqlol yillarida xalqimizning qaddini ko‘taradigan, uning sha‘n-shavkatini ulug‘laydigan, g‘ururigag‘urur qo‘shadigan va asriy orzulari ro‘yobga chiqishiga zamin yaratadigan ko‘pdan-ko‘p ishlar amalgaoshirilayotganiga har birimiz guvoxmiz.Sog‘lom farzandlarimizni har jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish,ularga kelajagimiz egalari deb qarash xalq kelajagiga bevosita daxldor masala sifatida istiqlol siyosatininguzviy qismiga aylangani ham mohiyat e‘tibori bilan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.Har qanday insonning eng mo‘tabar orzusi, astoydil intilgan asosiy maqsadi sog‘lom barkamolavlodni tarbiyalash, har tomonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat.

Article Details

How to Cite
Soxibaxon, A. ., Mubina, I. ., & Munisa, I. . (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA HARAKATLI O`YINLAR ORQALI HARAKAT KO‟NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain), 2, 16–18. Retrieved from https://openconference.us/index.php/ISPADP/article/view/1214
Section
Articles