XITOZON TARKIBLI POLISAHARIDLARNING TERI LEYSHMANIOZINI DAVOLASHDA QO‘LLANILISHI
Main Article Content
Abstract
Teri leyshmaniozi (TL)– leyshmaniyalar tomonidan qo‘zg‘atiladigan terining polimorf kasalligi bo‘lib, har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, ya’ni: teri qoplamida yallig‘langan yoki yarasiz yakka-yakka yoki ko‘p tugunchali zararlangan joylari bo‘lishi mumkin. Teri leyshmanioz kasalligiga eng xos bo‘lgan belgi - bu yaralarning uzoq vaqt bitmasligidir. Teri leyshmaniozi antroponoz va zoonoz turlari ko‘rinishida kechadi. O‘zbekistonda teri leyshmaniozining har ikkala turini uchratish mumkin Ko‘pincha leyshmaniomalar yuz, qo‘l va oyoqning ochiq joylarida joylashadi, kam uchraydigan holatlarda badanda ham bo‘lishi mumkin va bitganda chandiq hosil bo‘ladi. Yaralarning chandiqsiz, tekis va tez bitishi ta’minlaydigan davolash algoritmini ishlab chiqish, samarali preparatlarni topish nafaqat parazitolog shifokorlar balki teri kasalliklari shifokorlari uchun ham juda muhimdir. Bir qancha olimlar tomonidan xitozanning teri leyshmaniozini davolashda xavfsiz va samarali vosita ekanligi tasdiqlangan.