“Dorur-Rohat Musulmonlari” Asarida Ideal Jamiyat Tushunchasi

Main Article Content

Shirinova Sitora Xayrullo qizi

Abstract

XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy, madaniy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu kabi o‘zgarishlar azaldan, o‘z dunyoqarashiga suyangan, ilmning barcha jabhalarida rivojlanishda bo‘lgan, ammo keyinchalik, Sho‘ro mustabid tuzumi ortidan yuksalishning har tomonidan ortda qola boshlagan Turkistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu davr Turkiston tarixiga jadidchilikning maydonga kelishi va shakllanishi davri bo‘lib kirdi. Bu rivojning boshlanishida esa, jadid ma’rifatparvarlarining otasi Ismoilbek Gasprali turadi. U Rusiya musulmonlarining Sho‘ro istibdodidan xalos bo‘lishini urush, qo‘zg‘olonlar orqali bostirib bo‘lmasligini anglagan ziyoli shaxs sifatida, ularni diniy ilmlari bilan mutanosib holda yangi dunyoviy bilimlarni egallash, ularga g‘ayrat qilish, dunyo rivojidan ortda qolmaslik uchun Sharq va G‘arb ilmini birday o‘rganish tarafdori bo‘ldi. Ushbu harakatlari amali o‘laroq u gazeta va matbaachilik sohasida bir qator yangi jurnal va gazetalarga asos soldi. Tijorat bilan shug‘ullanib, dunyoning yetakchi davlatlarida kechayotgan yangi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ulardan xalqi manfaati uchun andoza oldi. O‘zi asos solgan “Tarjimon” gazetasida ijtimoiy-ma’rifiy risolalar, maktublar va badiiy asarlaridan parchalar e’lon qildi. Gazetaning har bir sonini musulmonlar orasida tarqalishi, ularni uyg‘otishga hissa qo‘shishiga harakat qildi. Ushbu maqolada Ismoilbek Gaspralining nasriy asarlaridan biri “Dorur-rohat musulmonlari” asarida ideal inson va ideal jamiyat tushunchalarining mohiyati va ideal jamiyat tushunchasining badiiy adabiyotda aks ettirilish xususida so‘z boradi.

Article Details

How to Cite
Shirinova Sitora Xayrullo qizi. (2024). “Dorur-Rohat Musulmonlari” Asarida Ideal Jamiyat Tushunchasi. Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium), 8, 56–58. Retrieved from https://openconference.us/index.php/pedagogy/article/view/1846
Section
Articles