Diskurs Etimologiyasi Va O’rganilish Tarixi

Main Article Content

Madazizova Dilafruz Xabibiloyevna

Abstract

Diskurs etimologiyasi o’rganilganda uning kelib chiqishida  ikki xil  nazariyalar: birinchi nazariyada uning lotin tilidan, ikkinchi nazariyada esa uning fransuz tilidan olinganligi ma’lum bo’ladi. Lotin tilidan olinganligini tasdiqlovchi nazariyaning o’zida ham 2 xil qarama- qarshi fikrlarni ko’zatish mumkin. Masalan, “Ensiklopedii epistomologii i filosofii nauki” (“Энциклопедии эпистомологии и философские науки”) nomli ensiklopediyada “diskurs” so’zi lotincha “discurrere” dan kelib chiqib  “muhokama”, “muzokora” va “o’zaro aytishib qolish” ma’nolarni anglatgan, boshqa bir falsafiy terminlar lug’ati “Kratkiy slovar filosofskix terminov” (“Краткий словарь философских терминов”) da esa diskurs atamasi lotin tilidan olinganligi va “fikr qilmoq, fikr yurgizmoq, fikrni bayon etmoq, fikrni tushuntirish, fikrni isbotlashga o’rinmoq” kabi ma’nolarni anglatgani ko’rsatilgan.  Shuni ta'kidlash kerakki, atamaning kelib chiqishining bir nechta sanab o'tilgan variantlari bir vaqtning o'zida paydo bolgan bo'lishi ham mumkin, lekin, bu so‘zlar o‘rtasida ma’lum bir farqlarni kuzatish qiyin emas. Masalan, birinchi guruhga ajratilgan lotincha so’zlar "discurrer" so’z turkimidan otga xos. Ikkinchi nazariyada esa diskursni lotincha "discere" fe'l so’z turkimidan olinganligi ko’rsatilgan.

Article Details

How to Cite
Xabibiloyevna, M. D. (2024). Diskurs Etimologiyasi Va O’rganilish Tarixi. Formation and Development of Pedagogical Creativity: International Scientific-Practical Conference (Belgium), 8, 1–2. Retrieved from https://openconference.us/index.php/pedagogy/article/view/1815
Section
Articles