STRESSGA BARDOSHLILIK
Main Article Content
Abstract
Stressga chidamlilik — bu siyosiy jarayonlar va xalqaro munosabatlarning zamonaviy tadqiqotlarida faol qoʻllaniladigan fanlararo tushuncha[1], shuningdek, global, milliy va mahalliy darajadagi zamonaviy boshqaruv nutqlarida mashhur kategoriya.Stress - odam va hayvonlarda kuchli ta'sirotlar natijasida sodir bo'ladigan o'ta hayajonlanish, haddan tashqari zo'riqish, asabiylik holatidir. Organizmda har xil ta'sirotlarga nisbatan rivojlangan nomaxsus neyrogarmonal reaksiya. Bu tushunchani birinchi bo'lib G. Selye fanga kiritgan bo'lib, u stressni organizmga zarar olib kelishi bilan birgalikda foydali jihatlari ham bor, bu holat organizm imkoniyatlarini ishga solib, salbiy ta'sirotlarga chidamliligini oshiradi degan edi. Stressning ko'payib ketishi tananing zaiflashishiga, kuchsizlanishiga, muammolarni hal qilish qobiliyatini yo'qolib qolishiga olib keladi. Tushkunlikka tushib qolgan insonlarning hayotidan quvonch yo'qoladi, umidsizlikka tushadi, boshi berk ko'chaga kirib qolib, undan chiqolmay qoladi.