SALOMATLIK- INSON KAMOLOTINING MUHIM TARKIBIY QISMLARIDANDIR

Islomova Intizora

Keywords: og‘lom turmush tarzi, talaba yoshlar, kun tartibi, gigiena


Abstract

Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Sog‘lom turmush  tarzi - bu faol mehnat, ijod og‘ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yengil ko‘tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir. Talabalar o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada natijalaridan kelib chiqib, oliy o‘quv yurti talabalari bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, kun tartibi, dam olishga va mehnat tartibiga rioya etishi sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 


References

Guloyim Sattarovna Avezova, Zarnigor Beshimova, Gulshod Sattarovna Avezova. Means and problems of forming a healthy lifestyle among the population. //The americcan journal of medical sciences and pharmaceutical research, (2021) 3(05), 7377

Авезова Г.С. Алкоголга қарамлик ва унинг профилактикасига тизимли ёндашув // Тиббиётда янги кун - Илмий рефератив, маънавий –маърифий журнал. – 2020, 4 (32)- 69-72 б.

Маматқулов Б.М., Нодиров Т. Соғлом турмуш тарзи ва оила саломатлиги. Ўқув қўлланма. Қарши, 2018.

Маматқулов Б. “Жамоат саломатлиги ва соғлиқни сақлашни бошқариш” “Ilm Ziyo” нашриёт уйи, 2013й. 7-боб 82- 100. 8 боб 101- 116.

Белова Ю. Ю. К вопросу о профилактике употребления алкоголя студенческой молодежью : научное издание // Проблемы социальной гигиены, здравоохранения и истории медицины. - М., 2014. - N5. - C. 46-48.

Будук-оол Л. К. Социально-гигиенические факторы образа жизни студентов : научное издание / Гигиена и Санитария. - М., 2015. - Том 94 N5УБЖ015. - C. 95-97.

Ермакова Н. А., Мельниченко П. И. и др. Образ жизни и здоровье студентов : научное издание // Гигиена и санитария. - М., 2016. - Том 95 N6Г5016. - C. 558563.